SSV: Koronavirus qayd etilgan 504 nafar fuqarodan 212 nafari erkak, 292 nafari esa ayollar. Bir nafar bemor Samarqandda davolanmoqda
Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan holatlar soni 504 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 212 nafari erkak, 292 nafari ayollardir.
Bemorlarning yoshi:
0-9 yoshgacha – 20 nafar (4 %);
10-19 yoshgacha – 29 nafar (5,8 %);
20-29 yoshgacha – 84 nafar (16,7 %);
30-39 yoshgacha – 132 nafar (26,2 %);
40-49 yoshgacha – 137 nafar (27 %);
50-59 yoshgacha – 72 nafar (14,3 %);
60-69 yoshgacha – 22 nafar (4,4 %);
70-79 yoshgacha – 7 nafar (1,4 %);
80 yoshdan yuqori bo‘lganlar 1 nafar (0,2 %)ni tashkil etmoqda.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan 194 nafar bemor Toshkent shahrida davolanmoqda. Shuningdek,
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16,
Andijon viloyatida 61,
Buxoro viloyatida 84,
Namangan viloyatida 51,
Farg‘ona viloyatida 70,
Xorazm viloyatida 18,
Qashqadaryo viloyatida 6,
Navoiy viloyatida 2,
Samarqand viloyatida 1,
Jizzax viloyatida 1 nafar bemor hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda.
Shu o‘rinda aytish kerakki, laborator tahlillar natijasida kasalligi aniqlangan fuqarolar doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar karantinda bo‘lgan hududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga davolash uchun o‘tkazilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda.
Shu kunga qadar 30 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aygan.
Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha zarur profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.