Sudanda uch kunlik sulh muddati tugayapti, janglarchi?
Sudanda payshanba kuni tugaydigan o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga ko‘ra janglar cho‘g‘i pasaydi. Shunga qaramay, Xartum televideniye markazi yaqinida to‘qnashuvlar davom etmoqda. Poytaxt yaqinidagi shahlarda turar-joy binolari o‘qqa tutilmoqda.
Reuters xabariga ko‘ra, mamlakatning amaldagi hukmdori general Abdul-Fattoh al-Burxon IGAD Afrika mintaqaviy assotsiatsiyasi tomonidan taklif qilingan sulhni yana 3 kunga uzaytirish rejasini ma’qullagan. Reja shuningdek, Janubiy Sudan poytaxti Jubaga uchun armiya yuborishni ham o‘z ichiga oladi.
Bir qator davlatlar o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalarni davom ettirmoqda. Buyuk Britaniya Sudandan 530 nafardan ortiq odamni evakuatsiya qildi.
JSST Xartumda tibbiyot muassasalarining atigi 16 foizi ishlayotganini aytdi. Tashkilotning hisob-kitoblariga ko‘ra, mojaro tufayli ochlikdan aziyat chekayotgan 50 ming sudanlik bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishning iloji yo‘q.
Mojaro sabab bo‘lgan o‘lim va jarohatlar soniga qo‘shimcha ravishda, epidemiyalar avji, oziq-ovqat va suvdan foydalanish imkoniyati yo‘qligi tufayli odamlar o‘limi keskin oshishi tabiiy, deydi Euronews muxbiriga JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.
Sudan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyi o‘rtalarida boshlangan qurolli to‘qnashuv kamida 512 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, 4000 nafardan ortiq kishi jarohatlangan.
Mintaqadagi davlatlar qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida muzokaralar tashkil etish niyatida.