Sudanda janglar davom etmoqda: chet elliklar evakuatsiyasi boshlangan
Sudandan xorijliklarni evakuatsiya qilayotgan birinchi kemalar Saudiya Arabistonining Jidda portiga to‘xtadi.
Hammasi bo‘lib, 12 mamlakatning 150 dan ortiq fuqarolari allaqachon dengiz orqali evakuatsiya qilingan. Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya va Xitoyda, shuningdek, bir qator boshqa mamlakatlar o‘z vatandoshlarini harbiy havo kuchlari samolyotlarida olib chiqishmoqda.
Avvalroq Sudan armiyasi bosh qo‘mondoni general Burhon xorijliklarni evakuatsiya qilishga rasman ruxsat bergan edi. Shu bilan birga, u armiya ba’zi yirik aeroportlar, jumladan, poytaxt Xartumni nazorat qilmayotganini, bu esa evakuatsiya qilishda muammolar tug‘dirishi mumkinligini tan olgan.
Shanba kuni Sudanda janglar musulmonlarning Iyd al-Fitr bayrami tufayli yuzaga kelgan nisbatan xotirjamlikdan so‘ng yangi kuch bilan boshlandi. Bir haftadan ortiq vaqtdan beri janglar davom etmoqda. Bu vaqt ichida, Sudan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 600 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 3500 dan ortiq kishi jarohatlangan.