Bosqinchilar Sudan poytaxti Xartumdagi Ukraina konsulligiga hujum qildi
Bu haqda SUNA agentligi xabar bermoqda.
Qurolli kuchlar formasini kiyib olgan bosqinchilar diplomatik vakolatxonasiga bostirib kirishdi. Biroq ular binoni tark eta olishmadi. Bosqinchilar bilan jangga SOP (davlat to‘ntarishida qatnashgan ko‘ngilli asrkarlar va hukumat tasarrufida bo‘lganlardan tashkil topgan ichki qo‘shinlar analogi) operativ ko‘makchi kuchlar kirishdi.
Jinoyatchilar hibsga olindi. Keyinchalik Ukrainaning Sudandagi konsuli Musa Muhammad Said politsiyaga shaxsan bosqinchilarni tanib, ko‘rsatma berish uchun murojaat qilgan. O‘g‘irlangan pul va qimmatbaho narsalar qaytarib berildi.
SOPning jinoyatchilarni hibsga olishda ishtirok etishi, ba’zi qaroqchilarning aynan shu bo‘linmaning tanituvchi belgilari tasvirlangan kiyimlarda bo‘lishi bilan izohlanadi.
2019 yil 11 aprelda Sudan armiyasi to‘rt oylik xalq noroziligidan so‘ng mamlakatda to‘ntarish uyushtirdi. Namoyishchilar 30 yildan beri hokimiyat boshida bo‘lgan prezidentning iste’fosini talab qilishdi. Yuz bergan to‘ntarishga qaramay, norozilik namoyishlari to‘xtamadi. Ishtirokchilar, shuningdek, hukumatni uch yillik tranzit muddatga fuqaro shaxslarga topshirishni talab qilishgan. Sudan Afrika Ittifoqi a’zoligidan vaqtincha chetlashtirildi.