Sudyalar maktabda ochiq dars o‘tdi
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tahsil olgan Samarqand shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun bugun noan’anaviy dars bo‘ldi.
Samarqand viloyati va shahar sudining sudyalari - O.Pardayev, J.Arslanov va Z.Ahmedovalar ularga “O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari” mavzusida ochiq darslar o‘tdi.
Darslarda o‘quvchilarning erkin va faol qatnashishi uchun asosiy mavzu o‘quvchilarga tushunarli tarzda yoritildi va ko‘proq interaktiv uslubda olib borildi.
Shuningdek, sudyalar maktabdagi Islom Karimov muzeyini hamda maktab kutubxonasini ko‘zdan kechirib, maktab kutubxonasiga adabiy kitoblar jamlanmasi, shu bilan birga ochiq darsda faol qatnashgan o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilishdi.
Viloyat sudi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi.