Superliga-2024: «Dinamo» futbolchisi Anvarjon Hojimirzayev "Yil kashfiyoti" sovrinini qo‘lga kiritdi
PFL 2024 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining eng yaxshilarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, «Dinamo» jamoasi yetakchisi Anvarjon Hojimirzayev mavsumning haqiqiy kashfiyoti bo‘ldi. U ushbu mavsum 10 ta to‘p kiritib, Superligada eng ko‘p gol urgan o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi va "Yil kashfiyoti" sovrinini qabul qilib oldi.
Ro‘ziqul Berdiyev mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 53 yoshli mutaxassis yakunlangan mavsumda «Nasaf» bilan ilk bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
Chempion jamoa a’zosi Akmal Mozgovoy esa eng yaxshi futbolchi deb e’tirof etildi. 24 yoshli yarimhimoyachi yakunlangan mavsumda 23 o‘yinda 4 gol va 1 ta assistni amalga oshirdi.
Barcha nominatsiyalar g‘oliblari:
Eng yaxshi futbolchi — Akmal Mozgovoy («Nasaf»)
Eng yaxshi murabbiy — Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf»)
Eng yaxshi yosh o‘yinchi — Abdug‘ofur Haydarov («Surxon»)
Eng yaxshi legioner — Vladimir Yovovich («So‘g‘diyona»)
Mavsum kashfiyoti — Anvarjon Hojimirzayev («Dinamo»)
Mavsum to‘purari — Dragan Cheran («Paxtakor»)
Eng chiroyli gol muallifi — Marko Milichkovich («Metallurg»)
Eng yaxshi hakam — Shavkat Nasibullayev
Fair Play sovrini — OKMK klubi.