Suriyada o‘tkazilgan parlament saylovlarida Bashar Asad partiyasi g‘alaba qozondi
- 22.07.2020 21:45
- 51
- Xorij
Suriya Prezidenti Bashar Asad boshchilik qiladigan “Milliy birdamlik” koalitsiyasi 19 iyul kuni mamlakatda o‘tkazilgan parlament saylovlarida g‘alaba qozondi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hukmron partiya milliy kengashdagi ko‘p sonli o‘rinni saqlab qolgan. Biroq o‘tgan yilgi saylov natijalari bilan solishtirganda Asad partiyasi 23 o‘rinni yo‘qotgan. Saylovlar mamlakatning Asad nazoratida bo‘lgan 70 foiz hududida tashkillashtirildi.
Bir qator muxolifat partiyalarga saylovda ishtirok etishga ruxsat berilmagan.
Dastlab, saylovlar 13 aprel kuni bo‘lib o‘tishi lozim edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli saylov o‘tkazish sanasi ikki marta o‘zgartirildi va oxir oqibat 19 iyul kuni o‘tkazildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa