Suv omboridan maktab o‘quvchisining jasadi topildi

Shu yilning 17 dekabr kuni kechga yaqin Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani, Xo‘jamulki mahallasi hududidagi «Janubiy-Surxon» suv ombori qirg‘og‘idan voyaga yetmagan shaxs jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida marhum shu mahallada yashovchi O‘.B. (2006 yilda tug‘ilgan, o‘quvchi) ekani aniqlandi. Shuningdek, uning umriga tanishi — voyaga yetmagan Sh.A. (2006 yilda tug‘ilgan, o‘quvchi) zomin bo‘lgani ham fosh etildi.
Holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi (Qotillik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. O‘z navbatida, Sh.A. tegishli tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.