Tadbirkorlik boshlash uchun nima yetishmayapti? So‘rovnoma natijalari

Avvalroq kanalimizda “Tadbirkorlikni boshlashingiz uchun sizga eng kerakli narsa nima?” savoli bilan so‘rovnoma o‘tkazilgandi.

Unda 14 foiz ishtirokchilar tadbirkorlik boshlashi uchun yer uchastkasi hamda 8 foiz qatnashchilar foydalanish uchun bino kerakligini bildirgan. 15 foiz respondentlar esa tadbirkorlik boshlash uchun g‘oya, loyihaga muhtoj ekanini ta’kidlagan.

Ishtirokchilarning eng katta ulushi — 62 foizi bu maqsad uchun mablag‘ kerakligini belgiladi.

Shuningdek, ayrim o‘quvchilarimiz izohlarda kam foizli kreditlar lozimligiga e’tibor qaratgan. Xo‘sh, sizning fikringiz qanday? Tadbirkorlik boshlash uchun bugungi kunda eng muhim resurs nima?