Tadbirkorlik sub’yektlariga ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlaganlik uchun davlat granti ajratiladi
Tadbirkorlik sub’yektlariga har 1 nafar bandligi ta’minlanadigan ishsiz xotin-qiz uchun 3 million so‘mdan oshmagan miqdorda navbatdagi davlat granti ajratilishini e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan mahallalarda markazlar faoliyati uchun navbatdagi davlat grantini olish istagida bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari 2023 yil 25 noyabrga qadar tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlariga loyiha takliflarini va hujjatlarini taqdim etishlari mumkin.
Mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali taqdim etilgan loyihalar 28 noyabrgacha tuman-shahar ishchi guruhlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
30 noyabrga qadar hududiy boshqarmalar tomonidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga davlat granti ajratilishi so‘ralgan buyurtmanoma yuboriladi.
Loyihalar 15 dekabrga qadar Respublika komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Komissiya qaroriga ko‘ra 2023 yil 20 dekabrga qadar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan navbatdagi davlat granti ajratiladi.