Tadbirkorni nima qiynaydi?
Joriy yil boshiga qadar viloyatdagi Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalariga 6164 masala bo‘yicha 5662 murojaat kelib tushdi.
Murojaatlarning 6085 tasi ko‘rib chiqilib, 3330 tasi qanoatlantirildi, 2513 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilib, 242 tasi rad etildi. Kelib tushgan va ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 425 tasi respublika darajasida, 1958 tasi viloyat darajasida, 3702 tasi tuman (shahar) darajasidagi masalalardir.
Tadbirkorlar asosan kredit (2367), yer va bino inshootlar ajratish (767), ruxsatnomalar, litsenziyalar va hujjatlar rasmiylashtirish (166), infratuzilma (239), sud va huquq (114), soliq (189) masalalarida murojaat qildi. Bundan ko‘rinadiki, mazkur sohalarda tadbirkorlarni qiynayotgan tartiblar va yoki hujjatlar mavjud.
Shuningdek, tadbirkorlik qilish istagini bildirgan yoshlar va yosh tadbirkorlar 1478 masala yuzasidan murojaat qildi.
O‘z biznesini boshlash istagidagi ayollar tomonidan 1484 murojaat bo‘ldi va ularning 818 tasi qanoatlantirildi.
2021 yilda Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi qoshida Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasida davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasi tashkil etildi. Ushbu klinika “Yagona darcha” tamoyili asosida barcha masalalarni kompleks ko‘rib chiqib, tadbirkorlarga ko‘mak berish ishlari boshlandi.
Hozirgacha klinikaga 92 ta masalada 78 ta murojaat tushdi va uning 42 tasi ijobiy hal etildi, 4 tasi rad etildi.
Barcha tuman va shaharlardagi tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari bilan viloyat klinikasi o‘rtasida onlayn videoaloqa yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirkorlar ham bu imkoniyatdan foydalanib, korxonalarni sog‘lomlashtirish klinikasiga onlayn murojaat qilmoqda.
2021 yilda qabulxona tomonidan mahalliy hokimliklar, tashkilot va idoralarga ogohlantirish va chora ko‘rish yuzasidan 179 ta xat yuborilib, 70 ta holatda mas’ul xodimlarga choralar ko‘rildi.
S.Pardayev,
Bosh vazirning viloyatdagi tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri.