Tahlil va tanqid ruhida
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi N.Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva, xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishni viloyat Kengashi raisi T.Jo‘rayev olib bordi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi N.Yo‘ldoshev joriy yil 15 noyabr kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan huquq-tartibot organlari faoliyatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar va ularning ijrosi haqida so‘z yuritdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu vazifalardan kelib chiqib, hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish respublika komissiyasi va uning mintaqaviy ishchi guruhlari tuzilgan. Komissiyaning 4-mintaqaviy ishchi guruhi tomonidan viloyatda joriy yilning o‘tgan o‘n bir oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganilgan.
Yig‘ilishda o‘rganishlar natijasi bo‘yicha ishchi guruhi rahbari E.Yuldoshev axborot berdi.
Qayd etilishicha, viloyatda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar 7,9, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 2,7, bosqinchilik 18,5, nomusga tegish 16,4 va bezorilik 20,8 foizga kamaygan. Shuningdek, ayollar, yoshlar va muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning kamayishi kuzatilgan.
Ammo Bulung‘ur, Qo‘shrabot, Oqdaryo, Paxtachi, Past Darg‘om va Jomboy tumanlarida bu kabi jinoyatlar sezilarli ravishda oshgan. Viloyat bo‘yicha og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar 31,5, o‘g‘irlik 10,1, firibgarlik 8,4, talonchilik 50, transport vositasini olib qochish 17,4, guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 7,8 foizga ko‘paygan.
Yig‘ilishda Samarqand shahri va Samarqand, Past Darg‘om, Narpay, Toyloq, Oqdaryo, Urgut va Qo‘shrabot tumanlarida qotillik jinoyatlari ortganligi jiddiy tanqid qilindi.
Shuningdek, viloyatda tezkor-qidiruv bo‘yicha chora-tadbirlar yetarli darajada amalga oshirilmagan. Sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 22,6, jinoyat-qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlarning 32,6 foizi fosh etilmagan. Qidiruv tadbirlari samarali tashkil etilmaganligi sababli ichki ishlar organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxslarning 34,9 foizi ushlanmagan.
Yig‘ilishda viloyat ichki ishlar, sog‘liqni saqlash va xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlarining axborotlari tinglandi va ishtirokchilar tomonidan muhokama qilindi.
inoyatlar soni ortgan shahar va tumanlar hokimlari, ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari fikrlari tinglandi. Ularga holatni ijobiy tomonga o‘zgartirish va faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda muhokama etilgan masala yuzasidan qaror qabul qilindi.