Ta’limdan o‘zga najot yo‘q

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasida bildiriladigan gaplar, belgilanadigan vazifalar butun xalqimizga taalluqli. Meni quvontirgan jihati – Murojaatnomada O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi saylovoldi dasturidagi ustuvor masalalar tilga olindi.

2023 yilga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb nom berilishini o‘ziyoq uzoqni, kelajakni o‘ylab bosilayotgan qadam ekanligi har birimizga ayon. Albatta, ta’lim tizimiga berilayotgan e’tiborni ko‘rib mamlakat kelajagiga bemalol baho berish mumkin. Davlatimiz rahbari tomonidan qayd etilganidek, “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir”. Darhaqiqat, ushbu soha millat ertasini hal qiladi.

Umuman, Prezidentimiz 2023 yilni "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili" deb e’lon qilganlari yurtimizda katta o‘zgarishlarning, ya’ni rivojlanishning yangi bosqichi bo‘lib xizmat qiladi. Negaki, davlatimiz rahbari barcha sohalarda amalga oshiriladigan ishlarni birma-bir sanab, ularga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Xususan, ma’muriy islohotlarning yana bir qator jihatlarini ochiqladilar. Vazir o‘z tizimiga ajratilgan mablag‘larni samarali va maqsadli ishlatish bo‘yicha birinchi bo‘lib o‘zi javob berishi, vazirlarning siyosiy mas’uliyati oshirilib, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bevosita vazirlar ishtirokida kollegial hal etilishi va qaysi vazir o‘z ishini eplay olmasa, iste’foga chiqarilishi shular jumlasidan.

«Birinchi navbatda, e’tiborni Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratamiz» degan so‘zlarining o‘zidayoq har bir O‘zbekiston fuqarosida g‘urur bag‘ishlamay qo‘ymadi, deb o‘ylayman. «Maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, sharoitlarini yaxshilash 2023 yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri etib belgilandi.

«Milliy o‘zligimiz timsoli, ma’naviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga bo‘lgan e’tibor esa yanada kuchaytirilishini ham ta’kidlab o‘tdilar.

Bugungi kunga qadar bo‘lgan jamiyatimizni, yanada betakror bo‘lishi, kelajak avlodlarning samarali mehnat qilishlari va rivojlanishlari uchun yangi 2023 yilga davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan rejalar albatta, kelajakda o‘zining yuksak natijalarni ko‘rsatadi.

M.Bobobekova,
“Adolat” SDP viloyat Kengashi raisi.