Ta’qiblar ostida yozilgan kundalik yoxud bir oilani yerga ko‘mgan xiyonat tarixi: Anna Frank oilasini Gitlerchilarga kim sotgan edi?

Anna Frank 1929 yil 12 iyunda Germaniyaning Frankfurt-nam-Mayn shahrida tug‘ildi. Uning Margo ismli singlisi bo‘lib, u Annadan uch yosh kichik edi. Germaniyada iqtisodiy inqiroz, ishsizlik va qashshoqlik tobora kuchayar, Adolf Gitler va uning partiyasi tarafdorlari soni ko‘paymoqda edi. Gitler Germaniyada hukmron bo‘lgan antisemitizm kayfiyati bilan yahudiylardan nafratlanadi va ularni mamlakatdagi barcha muammolar manbai deb biladi. Yahudiylarga nafrat va noqulay iqtisodiy vaziyat Anna oilasini Amsterdamga ko‘chib o‘tishga majbur qildi. Annaning otasi Otto u yerda tezda o‘z biznesini tashkil qildi.

Открытка тридцатых годов XX века с изображением площади Мерведеплейн. Анна указала на ней место (справа от центра), где жила семья Франк.

Fashistlar Niderlandiyani bosib oldi

Anna yangi mamlakatga osongina moslashib oladi. U til o‘rganadi, do‘stlar orttiradi va Gollandiya maktabiga boradi. Annaning otasi katta qiyinchiliklarga duch keladi. Oilani boqish uchun tinmay mehnat qilsa-da, biznesi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ammo u ziravorlar sotish orqali o‘z ishini kengaytirishga muvaffaq bo‘ladi.

Анна в выпускном классе начальной школы, 1940 г.

1939 yil 1 sentyabrda, Anna 10 yoshga to‘lganda fashistlar Germaniyasi Polshaga bostirib kiradi: Ikkinchi jahon urushi boshlanadi. Ko‘p o‘tmay, 1940 yil 10 mayda nemislar Niderlandiyani bosib olishadi. Gollandiya armiyasi besh kunda taslim bo‘ldi. Bosqinchilar kiyimiga sariq olti burchakli yulduz taqishga majbur yahudiylar hayotini do‘zaxga aylantiruvchi ko‘plab qonun-qoidalar chiqarishar, ularga hatto park, kinoteatr va do‘konlarga chiqish taqiqlangan edi. Anna ko‘chaga deyarli chiqmasdi. Yahudiylar endi o‘z biznesiga ega bo‘lishi taqiqlangani bois uning otasi biznesini yo‘qotdi. Yahudiy bolalar, jumladan Anna ham alohida yahudiy maktabiga bordi.

Panagohdan panoh topishdi

Natsistlar cheklov choralarini tobora kuchaytirar edi. Kunlarning birida barcha yahudiylar Gollandiyani tark etishi kerakligi haqida mish-mishlar tarqaldi. 1942 yil 5 iyulda opasi Margo fashistlar Germaniyasi mehnat lageriga chaqiruv qog‘ozini olganida, ota-ona bunda boshqa gap borligini sezishadi. Ular yahudiylar ishga yuborilayotganiga ishonmay, ta’qiblardan qochish uchun yashirinishga qaror qiladi.

1942 yilning bahorida, Otto Frank kompaniyasi joylashgan bino orqasida Annaning otasi oila uchun yashirin joy qiladi. Bunda unga sobiq hamkasblari yordam berishadi. Biroz vaqt o‘tgach, ularga yana to‘rt kishi qo‘shiladi. Panagoh juda tor, Anna «suvdan jim, o‘tdan pastroq» bo‘lishga harakat qilar, doim qo‘rquvda edi.

Anna kundalik yoza boshladi

O‘n uchinchi tug‘ilgan kunida Anna sovg‘a sifatida yozuv kundaligi oladi. Shu kundan boshlab Anna kundalik yurita boshladi. Ikki yil davomida u panagohdagi barcha voqealar, his-tuyg‘ulari va fikrlarini yozib boradi. Budan tashqari hikoya, roman yozishga urinadi, o‘qigan kitoblaridan yoqtirgan iqtiboslarini yozib qo‘yadi. Kundalik tor va dimiq hujrada o‘tgan kunlarida unga sirdosh bo‘ladi.

Gollandiyaning "Orane" radiosida Angliyaga evakuatsiya qilingan Niderlandiya ta’lim vazirining fuqarolarni nemis istilosi yillarida insonlar azob-uqubatlaridan guvohlik beruvchi hujjat va kundaliklarni saqlashga chaqirgan nutqini eshitib, Anna ham yozuv va qaydlarini qayta ko‘chirib, tahrir qilib, voqealarni bog‘lagan holda yaxlit «Panagoh» nomli qissaga aylantirishga qaror qiladi.

Отто Франк на чердаке убежища за несколько часов до официального открытия дома-музея Анны Франк 3 мая 1960 года.

Panagohni bilib qolishdi

Anna kundaligini tahrir qilib ulgurmaydi. 1944 yil 4 avgustda politsiya panagohga kirib, uning barcha aholisi, shuningdek, ularga yashirinishga yordam bergan ikki kishini hibsga oladi. Hibsga olinganiga qaramay, Annaning ba’zi yozuvlari saqlab qolinadi. Frank oilasining yana ikki xayrixohi gestapo yashirin joyni tintuv qilgunga qadar qog‘ozlarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishadi.

 Anna Osvensimga surgun qilinadi

Hibsga olinganlar avval Germaniya xavfsizlik xizmatiga, so‘ngra Amsterdamdagi qamoqxonaga, so‘ngra Vesterbork tranzit lageri orqali Osvensim-Birkenau (Osvensim) o‘lim lageriga jo‘natiladi. Poyezd safari uch kun davom etadi. Anna boshqa minglab deportatsiya qilinganlar bilan qoramollar uchun mo‘ljallangan vagonda ketadi. Odamlarga ovqat va suv deyarli berilmaydi, yagona bochka esa hojatxona vazifasini bajarar edi.

Osvensimga kelgach, deportatsiya qilinganlar natsist shifokorlar tomonidan kim og‘ir majburiy mehnatga qodir, kim qodir emasligini aniqlash uchun ko‘rikdan o‘tkaziladi. Annaning 350 ga yaqin hamrohi gaz kameralarida yoqib yuboriladi. Anna singlisi va onasi bilan ayollar lagerida, Otto - erkaklar lagerida qoladi.

 Annaning Bergen-Belzen lageridagi o‘limi

1944 yil boshida Anna Singlisi Margo bilan boshqa - Bergen-Belsen konslageriga yuboriladi. Qizlarning ota-onasi Osvensimda qolishadi. Bergen-Belsenda yashash sharoiti xuddi Osvensimdagidek dahshatli: sovuq hukmron, ocharchilik yashashga bo‘lgan oxirgi umid uchqunlarini so‘ndiradi. Anna va uning singlisi «jahannam» azoblariga chidolmay tif bilan kasallanib, 1945 yil fevral oyida birin-ketin vafot etadi. Ammo keyinchalik uning kundaligi dunyoga mashhur bo‘lib ketadi.

 Urushdan omon qolishga muvaffaq bo‘lgan oiladagi yagona odam - Annaning otasi Otto edi. Sovet qo‘shinlari Osvensimni ozod qilgandan so‘ng, u Gollandiyaga qaytadi. Poyezdda bo‘lgan uzoq safarda u rafiqasi Editning o‘limi haqida biladi. Gollandiyaga qaytib esa Anna va Margoning o‘limi haqidagi qayg‘uli xabarni eshitadi.

Anna oilasi yashiringan joyni kim fosh etgan edi?

Annanin otasi taniqli shaxs edi. Ularning oilasi amsterdamlik notarius Arnold van der Berg tomonidan natsistlarga tutib berilgan bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchilar yillar davomida okkupatsiya davrida Franklar yashiringan joy haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilgan shaxsni aniqlashga harakat qilishdi.

 Olti yillik mehnat natijasi bo‘lgan yangi gipotezaning isbotlaridan biri – Otto Frank nomiga yozilgan anonim eslatma bo‘lib, unda xoinning ismi yozilgan.

 "O‘shanda Otto Frank hujjatdan nusxa oldi, - deydi tadqiqotchi Piter van Tvisk. "Biz u 1957 yilda Otto Frankning yozuv mashinkasida qilinganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Uni o‘sha paytdagi boshqa yozuvlar bilan taqqosladik".

 "Bo‘lgan voqeaning yangi nazariyasi ma’lum bo‘lgan manba - ilgari yetarlicha tekshirilmagan anonim xatni ko‘rib chiqishga turtki bo‘ldi. Mutaxassislar guruhi tegishli tekshiruv o‘tkazdi va bu xiyonat nazariyasini tasdiqlash yo‘lidagi yangi qadam deb aytishimiz mumkin, - deydi «Anna Frank» fondi xodimi Ronald Lepold.

Tadqiqotchilarning taxminiga ko‘ra, notarius bu ma’lumotni o‘z oilasini saqlab qolish evaziga oshkor qilgan. U natsistlar talabiga binoan tuzilgan Amsterdam yahudiylari kengashi yudenrat a’zosi bo‘lgan.

 Anna Frankning kundaligi dunyoga mashhur bo‘ldi

 Annaning omon qolgan kundalik yozuvlari Ottoni hayratga soladi. Qizi yozuvchi yoki jurnalist bo‘lishni orzu qilgani va panagohdagi hayotiy hikoyalarini nashr ettirmoqchi bo‘lganini anglaydi. Ottoning do‘stlari uni kundalikni nashr etishga ko‘ndiradi va 1947 yil 25 iyun kuni “Panagoh” 3000 nusxada nashr etiladi. Ammo hali bu boshlanishi edi.

Keyinchalik kitob 70 tilga tarjima qilindi, film va spektakllar uchun manba bo‘lib xizmat qildi. Butun dunyoda odamlar Annaning tarixi bilan tanishga qiziqadi va 1960 yilda panagoh «Anna Frank» uy-muzeyiga aylantiriladi. 1980 yilda vafot etgunga qadar Otto kundalik o‘quvchilari yahudiylar qirg‘ini, irqchilik va nafratni ko‘z o‘ngida gavdalantirishiga umid qilib, muzey va «Anne Frank» jamg‘armasi faoliyatida faol ishtirok etdi.

G.Xoldorova tayyorladi.