Taraqqiyot strategiyasi xalqimizga nima beradi? Intellektual mulk nima?

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tumani sudi raisi T.Rustamov tumandagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalla faollari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar, ota-onalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, “Intellektual mulk ob’yektlari to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash borasida qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati ishtirokchilarga tushuntirildi.

Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan mavzuga oid savollarga batafsil javoblar berildi.

Bundan tashqari, uchrashuv yakunida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.