Targ‘ibotchilar Juriyatda

Samarqand viloyatidagi mahallalarda «Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash» g‘oyasi ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jomboy tumanining Juriyat mahallasida o‘tkazilgan tadbirga ushbu mahallada “temir daftar”, “yoshlar daftari” hamda “ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar a’zolari, ishsiz xotin-qizlar, faollar taklif etildi.
Tuman hokimi Qayum Sobirov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini Jomboydagi ishlar misolida gapirib berdi. Tumanda tadbirkorlar safi kengayib borayotgani, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar dunyo bozorida sotilayotgani qayd etildi.
Yosh iste’dod egalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar tadbirga yanada fayz kiritdi. Tadbir doirasida qiziqarli viktorinalar o‘tkazilib, g‘oliblarga sovg‘alar ulashildi.
Charos EShONQULOVA.