Tariximiz sizga «trali-vali» emas...

“O‘zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekovga!, deb yozgan platforma.uz kanali. Va Baxtiyor Abdug‘afurning facebook’dagi sahifasida “Sulton Jaloliddin Manguberdi” seriali ssenariysi haqida bildirgan fikrini keltirgan.
“Sulton Jaloliddin Manguberdi” seriali ssenariysini turklar yozayotgani, menimcha, to‘g‘ri emas.
Birinchidan, xalqimizning milliy o‘ziga xosligi, urf-odatlari va ruhiyatini to‘liq tushunish, anglash lozim.
Ikkinchidan, xorazmshohlar va sulton Jaloliddinning jang san’ati, hukumatni idora qilish usuli bo‘yicha eng ko‘p tadqiqotlar o‘zimizda — kirill yozuvida e’lon qilingan. Aksariyati tarjima bo‘lmagan.
Uchinchidan, milliy davlatchiligimizning yorqin sahifalaridan biri xolis yoritiladimi?
Qolaversa, Jaloliddinning atrofidagi har bir kishi — vazir, hojib, xon, amir, malik... Har ikki haram hayoti, devon ishlari, anushteginlarning harbiy iqtidori yoritilmasa, ularning o‘ziga xos vazifalari ko‘rsatilmasa, to‘laqonli va noyob tarix bo‘y bermaydi.
Jaloliddinni Jaloliddin qilgan shaxslar — uning do‘stlari, Kuzbor Malik, Axos Malik, Temur Malikni ular biz anglaganchalik tushunadimi?"
Baxtiyor ABDUG‘AFUR.