Tarixni o‘zgartirgan kashfiyotlar

Avvalgi maqolamizda kinematografiya, avtomobillar, samolyot kashfiyotlari haqida yozgandik. Bu safar ham sizni qiziqtirgan nom va ixtirolar haqida tanishtirishni lozim topdik.

Fotoapparat

Fotosuratlar asoschisi Jozef Nisefor Neps ob’yektiv va trubka bilan jihozlangan o‘rtasi ochiladigan birinchi obskurant kamerani loyihalashga muvaffaq bo‘ldi. 1822 yilda dunyodagi birinchi aks ettirilgan “Dasturxon” fotosurati aynan uning kamerasi bilan olingan.

Jozef o‘z ixtirosini geliograf deb atagan. Bu ixtiro yangi texnologiyalar yordamida o‘z xotiralarini muhrlab qo‘yishni orzu qilgan taraqqiyot zarshunoslari orasida chinakam zavq sababchisi bo‘ldi. Fotosurat madaniyatidagi birinchi qadamlar ortidan filmlar, qog‘ozlar va blakanalarning barcha turdagi test variantlari paydo bo‘la boshladi. Aytgancha, nitrotsellyulozadan iborat fotografik plyonkani Gudvin ismli ruhoniy ixtiro qilgan.

Ushbu plyonkani rulonga joylashtirish orqali 1880 yilda tadbirkor-ixtirochi Jorj Istmen uning qulay va universalligini yaxshiladi. Shundan so‘ng Istmen eng muvaffaqiyatli kino va kamera ishlab chiqaruvchilardan biri - bugungi kungacha bozorgir “Kodak” asoschisiga aylandi.

Radio

Radioto‘lqinlar orqali masofadan xabarlarni uzatish usuli 1890 yillarda ishlab chiqilgan. Bugungi kunga qadar asosiy ixtirochi haqidagi fikrlar bir-biridan farq qilib keladi. Aleksandr Popovmi yoki Gulelmo Markoni? Sovet ittifoqida hatto Popov ixtirosining 50 yilligiga bag‘ishlangan tadbir Moskvaning Bolshoy teatrida davlat, fan va san’at arboblari ishtirokida nishonlangan.

Gap shundaki, ishlab chiqaruvchilar bir vaqtning o‘zida ishlagan bo‘lsa-da, ikkalasi ham bir-birining mavjudligi haqida hech qanday tasavvurga ega emas edi. Natijada, Markoni tomonidan patentning o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilishi uni dunyoga tanitdi.

A.Popov esa hozirgi kungacha ko‘plab mamlakatlarda qo‘llanilayotgan chaqmoq detektorlarini ishlab chiqarish patentiga egalik qildi. Ushbu texnologiya yaqinlashayotgan momaqaldiroqlarni 50 kilometrgacha bo‘lgan masofadan turib aniqlash imkonini beradi.

Televizor

O‘zining yaratuvchisi nomi bilan atalgan “Nipkov diski” - zamonaviy televizorlar prototipi 1884 yilda nemis muhandisi Paul Nipkov tomonidan ishlab chiqilgan. 1920 yilda shotlandiyalik tadbirkor Jon Bred Paulning ixtirosiga ishlov berib, uni rivojlantirishga qaror qildi, shu sababli aynan  u mexanik televizorning birinchi ixtirochisi hisoblanadi.

1964 yilga kelib Plazma va suyuq kristalli (LCD) progressiv televizorlar amerikalik muhandislar - Donald Bitser  va  Gin Slottou tufayli paydo bo‘lgan. Bu televizorlarning timsolini dunyo faqat o‘tgan asrning 80-yillari oxirida ko‘rdi.

1980 yillar o‘rtalarida esa Yaponiyaning Casio kompaniyasi LCD televizorlar orasida inqilob qildi, o‘shandan beri yangidan-yangi texnologiyalar paydo bo‘ldi. Endilikda ko‘pgina zamonaviy televizorlar va ekranlarda lyuminessensiyaga asoslangan yorug‘lik chiqaradigan diod - OLED va AMOLED texnologiyalaridan foydalaniladi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.