Tashqi ishlar vazirligi Tayvandagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirdi

O‘zbekiston Tayvan atrofida yuzaga kelgan keskinlik tezroq bartaraf etilishiga umid bildiradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining bayonotida ma’lum qilindi.

“Tayvan atrofidagi vaziyatning rivojlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yuzaga kelgan keskinlik tezroq pasayishiga umid bildiradi”, deyiladi TIV munosabatida.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yor va tamoyillariga muvofiq “Yagona Xitoy” siyosatini, ushbu mamlakat suvereniteti, hududiy yaxlitligini izchil qo‘llab-quvvatlaydi.