«Tashqi reklama» raqamli monitoring elektron tizimi joriy etiladi
1 dekabrdan qonunchilikka ko‘ra, tashqi reklama bozori ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratish hamda sohada shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan «Tashqi reklama» raqamli monitoring elektron tizimi joriy etiladi.
Davlat mulki bo‘lgan yer uchastkalarida, bino hamda inshootlarda tashqi reklama va axborot ob’yektlari (konstruksiyalari) uchun reklama joyining pasporti hamda ularni o‘rnatish uchun shartnomalar ommaviy oferta shaklida «E-auksion» elektron savdo platformasining yagona elektron savdo maydonchasida auksion g‘olibiga avtomatik tarzda beriladi.