Ta’til davomida OTM talabalari koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanadi

🦠 Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatimizga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19 ning yangi Omicron shtammi joriy yilning 7 yanvar kuni aniqlangan.

🔰 Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

🔹 Bunda, barcha tashkilot, korxona va muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarning kirish qismida niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotiga qat’iy rioya etilishi ta’minlanadi.

💉 Aholini to‘liq emlash va buster doza bilan emlash ishlari jadallashtiriladi.

✔️ Vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarida:

‼️ ishchilarning emlangandan so‘ng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi. Mazkur tartibni buzgan tashkilot rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘riladi;

❌ mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini ta’minlash maqsadida turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi.

👨🏻🎓 Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi. Ushbu tadbirlarga OTM rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilanadi.