Samarqand shahar prokurori Samarqand shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi

Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

     Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shu vaqtgacha Samarqand shahar prokurori vazifasida ishlab kelgan Oblaqulov Boburmirzo Salomovich Samarqand shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi.

     Boburmirzo Oblaqulov 1972 yil Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan bo‘lib, Samarqand shahar prokurorligidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Samarqand viloyat prokuraturasida faoliyat ko‘rsatgan, Past Darg‘om, Oqdaryo tumanlarida prokuror lavozimida ishlagan.