TDIU Samarqand filialida 1000 o‘rinli yangi o‘quv binosi quriladi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori K.Sharipov boshchiligida universitet vakillari TDIU Samarqand filialida bo‘ldi.

Mehmonlar filialning hozirgi faoliyati, o‘quv jarayoni, ilmiy-uslubiy ta’minoti, ilmiy innovatsiya va ilmiy tadqiqot ishlari, hamkorlik ishlari bilan tanishdi.

Rektor filialning moddiy-texnik bazasi va o‘quv xonalarini ko‘zdan kechirib, filial uchun yana qo‘shimcha 1000 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurish, talabalar turar joyi, sport zali hamda sport maydonchalarini to‘liq ta’mirlash haqida mas’ullarga tegishli topshiriq berdi. Shuningdek, 600 o‘ringa mo‘ljallab qurilayotgan yangi binoning axborot resurs markaziga sohaga doir yangi kitoblarni sotib olish zarurligini bildirdi. 

Rektor, filial direktori va mutaxassislar filialni rivojlantirishning 3-5 yillarga mo‘ljallangan istiqbolli rejasini ishlab chiqish, talabalarga zamonaviy va sifatli ta’lim-tarbiya berish, sohadagi tashkilotlar bilan hamkorlikni oshirish kabi masalalar kelishib olindi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali axborot xizmati.