Testda xatolik bo‘lishi mumkinmi?

➖ O‘rtog‘im test topshirgan edi, unda koronavirus aniqlandi. Lekin hech qanday alomatlar yo‘q, deb odamlar bilan erkin muloqotda bo‘lib yuribdi. Testda xatolik bo‘lishi mumkinmi?

Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva javob berdi:

➖ SOVID-19 ning asosiy yuqish yo‘li — havo-tomchi bo‘lib, yo‘tal, tana haroratining ortishi yoki holsizlik ko‘rinishidagi belgilar kuzatilayotgan inson nafas yo‘lidan tomchi ko‘rinishida ajraladi.

Ko‘pgina bemorlarda kasallik sezilarsiz kechadi, ayniqsa, kasallikning erta bosqichlarida. Virus kasallikning boshqa belgilari kuzatilmay turib, faqat kam miqdorda yo‘tal kuzatilgan bemorlardan ham yuqishi mumkin. Bu qanchalik tez kuzatilishi hozircha noma’lum.

JSST bu yo‘nalishda izlanishlarini davom ettirmoqda. Aniq natijalar shakllanganidan so‘ng tavsiyanomalarda o‘z xulosalarini keltiradi. Shuning uchun koronavirus belgilarsiz kechayotgan insonlarga niqob taqish va epidemiologik tartibga rioya qilish tavsiya qilinadi.