Testga kirish uchun qancha to‘lov qilinadi?
- 28.06.2022 22:01
- 257
- Ta’lim

Joriy yil bitirganlar uchun tekin, avvalgi yilda bitirganlar 150 ming so‘m to‘laydi.
Test sinovi o‘tkaziladigan yildan avvalgi yillarda maktab, kollej, litseyni tugatganlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy stavkaning yarim baravari – 150 ming so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirishi kerak.
Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— ta’lim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
ESLATMA: To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi. Ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 20 iyulga qadar (o‘sha kuni ham) to‘lanishi shart.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Misr tamadduni qachon boshlangan?
- Kecha, 17:53
- O'qing, qiziq!