"Tez yordam": chaqiruv osonlashadi

Unga ko‘ra, viloyatda shoshilinch tibbiy yordam xizmatining ilmiy va moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, dispetcherlik, kommunikatsiya va axborot tizimlari takomillashtiriladi.

Loyiha asosida shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialining tez tibbiy yordam bo‘limida xarid qilinadigan uskunalarni o‘rnatish, montaj qilish uchun shoshilinch tibbiy yordam xizmati tibbiyot muassasalarining binolari qayta moslashtirilib, ta’mirlanadi. Mutaxassis-kadrlar bilan  ta’minlanadi.

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokidagi mazkur loyiha uchun ajratilgan 100 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyatlardagi filiallari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borishga sarflanishi ko‘zda tutilgan, – deydi respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samar­qand filiali direktori o‘rinbosari Davron Razzoqov. – Hozirda ishchi guruhlar tuzilib, ehtiyojga qarab, tibbiy va aloqa asbob-uskunalari ajratilishi, ular o‘rnatiladigan bino va xonalar o‘rganilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, mazkur dispetcherlik, aloqa-axborot kommunikatsiya uskunalari foydalanishga topshirilgach, fuqarolarimizning tez tibbiy yordam mashinalarini chaqirishi bir necha barobar tezlashadi.

Dilmurod TO‘XTAYeV.