Tezkor brigadalar tomonidan elektr ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etilmoqda
- 09.04.2020 10:41
- 148
- O‘zbekiston
Mamlakatimiz bo‘ylab kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli respublikamizning turli hududlarida elektr qurilmalarida vujudga kelgan avariyaviy holatlari hamda qalin qor yog‘ishi oqibatida daraxt shoxlarining sinib, elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi natijasida elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni vaqtda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ topshirig‘i bilan respublikamizning barcha hududlarida elektr ta’minoti korxonalarining tezkor brigadalari tomonidan ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ elektr ta’minotidagi vaqtinchalik uzilishlar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan holda, ushbu ishlarni yakunlash va elektr ta’minotini tiklash choralari ko‘rilayotganligini ma’lum qiladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!