Urgutda elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi 15 million so‘m pora bilan ushlandi
- 24.10.2023 12:01
- 449
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, tuman ETK korxonasi muhandisi A.N. va fuqaro Z.J. tadbirkor A.A.ning ishonchiga kirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasining elektr ta’minotidan 35,9 mln. so‘m qarzdorligini kamaytirib berish evaziga 15 mln. so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Davlatning qo‘llab-quvvatlashi ishonchni oshiradi
- 05/10, 09:47
- Siyosat