Tibbiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindori aniqlandi

Joriy yilda tibbiyot va fiziologiya sohasi bo‘yicha Nobel mukofoti gepatit S sohasida olib borgan tadqiqotlari uchun tadqiqotchi olimlar Xarvi Aler, Maykl Xoutonu va Charlz Raysga  topshirildi.

“Tarixda ilk marotaba gepatit S virusini endi davolasa bo‘ladi. Tibbiyot sohasi bo‘yicha mukofot sovrindorlarining kashfiyotlari surunkali gepatit bilan kasallanishning asosiy sabablarini ochib berdi va millionlab odamlar hayotini saqlab qolgan qon tahlili o‘tkazilishini va yangi dori vositalari qo‘llanilishiga zamin yaratib berdi”, dedi Nobel mukofoti qo‘mitasi vakili.

Bugun 5 oktyabr kuni, Stokgolmda har yili o‘tkaziladigan an’anaviy Nobel mukofoti marosimi haftaligi tibbiyot va fiziologiya sohasidagi sovrindorlarni e’lon qilish bilan boshlandi. 6 oktyabr kuni fizika sohasi bo‘yicha sovrindorlar nomi aniq bo‘ladi, 7 oktyabrda kimyo, 8 oktyabrda adabiyot sohasi bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilinadi.

Shuningdek, 9 oktyabr kuni dunyoda tinchlik o‘rnatilishi uchun harakat qilgan Nobel mukofoti sovrindori, 12 oktyabrda esa Alfred Nobel ta’sis etgan mukofot iqtisodiyot sohasi vakiliga topshiriladi.