Tinchlik kengashi - bu nizolarni hal etishning xalqaro hamkorligi
Tinchlik kengashi nizolarni hal etish hamda xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida tuzilgan. O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ochiqlik va hamkorlik tamoyillari asosida xalqaro maydonda tinchlikparvar rol o‘ynayapti. Davlatimiz rahbari Tinchlik kengashida qatnashib, G‘azoda farovon iqtisodiyat, munosib sharoit barpo etish takliflarini bildirdi. Bunday tashabbuslar millatlararo birlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli.
Bugun jahon miqyosida geosiyosiy vaziyat murakkablashib boryapti. Ayniqsa, global xavfsizlik va barqaror taraqqiyot masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Tinchlik kengashining tuzilishi ayni shu kabi vaziyatlarning oldini olish, uni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Tinchlik kengashining tuzilishidan asosiy maqsad uzoq davom etayotgan mojarolar, xususan, Yaqin Sharqdagi nizolarni hal etishda xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan.
O‘zbekiston so‘nggi yillarda xalqaro maydonda tinchlikparvar va tashabbuskor davlat sifatida tan olinmoqda. Bu albatta, Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan tashqi siyosatning ochiqligi, o‘zaro hurmat va teng manfaatli hamkorlik tamoyillariga amal qilinayotganining mevasi.
Ayniqsa, Prezidentimizning Amerikada o‘tkazilgan Tinchlik kengashining birinchi sammitida qatnashib, nutq so‘zlagani Davlat rahbarining tashabbuskorligi, mamlakatimizning bag‘rikengligi, ma’naviy qiyofasidan dalolat beradi.
Uchrashuv xalqaro birdamlik, tinchliksevarlik va Yaqin Sharqdagi vaziyatni yaxshilashga bo‘lgan umumiy intilishning yorqin ifodasi ekanligi O‘zbekiston rahbari nutqining asosini tashkil etdi.
“Biz Yangi G‘azoni – iqtisodiyoti farovon, aholi uchun munosib turmush sharoitlariga ega bo‘lgan mintaqani barpo etish uchun ushbu tarixiy imkoniyatdan foydalanishimiz zarur” dedi davlatimiz rahbari. Albatta, bu ma’ruza O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni va roli, nufuzining oshib borayotgani ifodasi sifatida qabul qilindi.
Qolaversa, ma’ruzada bildirilgan tashabbuslar, takliflar xalqaro maydonda tinchlikni targ‘ib etishda, millatlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Xolbek KUBAYeV,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari.