TIV: Fuqarolarimizga biror-bir xavf-xatar yuzaga kelsa, tezkor ravishda tegishli choralar ko‘riladi
Tashqi ishlar vazirligi Ukrainada yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan O‘zbekiston fuqarolariga xabar yo‘lladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan, Rossiyaning Ukrainaga yaqin hududlarida joylashgan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun xavotirlanishga sabab va asoslar yo‘qligini ma’lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi hamda Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiya Federatsiyasining tegishli vazirlik va idoralari bilan yaqin va doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Fuqarolarimiz uchun biror-bir xavf-xatar yuzaga kelganda, tezkor ravishda tegishli choralar ko‘riladi.
Zarur hollarda fuqarolarimiz quyidagi aloqa raqamlariga murojaat qilishlari mumkin:
O‘zbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasi: +7 499 230-00-76, +7 499 230-00-32;
Rostov-Dondagi Bosh konsulxona: +7 988 586-59-82, +7 918 554-04-76, +7 988 586-70-35, +7 988 586-59-82».