Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

T.Norboyeva: qonun vakolat, davlat minbar berib qo‘yibdi, qani jonkuyarlik, qani faollik?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi boshlandi. Majlisni Senat Raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.

Senat Raisi majlis boshlanishida joylardagi deputat va senatorlarning faoliyati yuzasidan munosabat bildirdi.

– Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hozirgi kunda oldimizda turgan eng muhim vazifalardan. Biroq bu masalaga hamma ham mas’uliyat bilan yondashmayapti. Prezidentimizning yaqinda Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashriflari davomida hududlarda to‘planib qolgan muammolarni, mahallalardagi holatni hammamiz ko‘rdik. Aholi o‘z noroziligini yashirmayapti. Tashriflar davomida markaziy va hududiy ijro organlar faoliyatiga tegishli baho ham berilmoqda. Muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq vazifalar ham belgilanib, hokimlar o‘sha joylarga ko‘chib o‘tib muammolarni hal etyapti.

Lekin savol tug‘iladi. Hududlardagi bunday muammolarni nahotki joylardagi xalq vakillari – deputatlar, senatorlar ko‘rmagan. Axir ular ham shu hududda yashaydiku. Odamlar ularga ishonch bildirib qo‘yganku. Qonun vakolat, davlat minbar berib qo‘yibdi. Qani jonkuyarlik, qani faollik. Toki hududlardagi muammolar hal etilmas ekan, odamlarning noroziligi ko‘payib boraveradi.

Senatning o‘n uchinchi yalpi majlisi davom etmoqda.

Nurillo NASRIYeV, O‘zA