Tojikiston teatr jamoasi Samarqand mehmoni

– O‘zbekiston hamda Tojikiston davlatlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar barcha sohalarda mustahkamlanmoqda, – deydi teatr rahbari Lutfullo Davlatzoda.

 

– Xususan, madaniyat sohasida ham.  Jamoamiz bilan samarqandlik muxlislarga Mixail Zoщyenko qalamiga mansub “Jinoyat va jazo” sahna asarini namoyish etishni maqsad qildik. Korrupsiya mavzusiga alohida urg‘u berilgan asar Abdukarim Mashrab tomonidan sahnalashtirilgan.

Ertaga, soat 18.00 da Samarqand viloyat musiqali drama teatrida ushbu spektakl namoyish etiladi.

Baxtiyor MUSTANOV.