Tok ko‘chatini kuzda ekkan ma’qulmi yoki bahorda?
Uzum ko‘chatlari hududning iqlim va tashkiliy sharoitlariga bog‘liq ravishda kuzda ekiladi va bahorda uzum ko‘chatlari uchun dastlabki hududlar rejalashtiriladi.
Ekish noyabr oyida boshlanadi va u sovuq tushgunga qadar davom ettiriladi.
Bahorda tuproq yetilishi bilan va ko‘chatda kurtak yozilishining boshlanishida uzum ko‘chati ekiladi.
Kuzgi ekishning o‘ziga xos ba’zi bir yaxshi tomonlari bor. Ekish muddati bo‘yicha davomli bo‘ladi, bahorgi davrda ishchi kuchi ko‘p talab etilishni kamaytiradi.
O‘z navbatida bahorgi ekish ham kuzgi ekishga nisbatan bir qator afzalliklarga ega, chunki kuzgi ekishda ko‘chatlarni yopish kerak va bahorda esa ochish kerak. Shu bilan birga yog‘ingarchiliklar tufayli tuproq juda zichlashadi va bahorda tuplar atrofini yumshatish uchun qo‘shimcha ishchi kuchi talab qilinadi.