«Tonirovka» masalasida yangilik bor
- 31.07.2019 08:17
- 1759
- Dolzarb
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov 30 iyul kuni ommaviy axborot vositalari va davlat organlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida bu haqda ham so‘z yuritdi.
- Qabul qilinayotgan qarorlar, huquqiy-me’yoriy hujjatlarga aholi o‘z munosabatini bildirmoqda, xalqda e’tiroz uyg‘otgan, ular qabul qilmagan tartib-qoidalarni o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmoqda, - dedi A.Aripov.
Bu haqda gapirganda Bosh vazir avtomobillarning kunduz kuni chiroq yoqib yurishi haqidagi qoidani esladi va aholi, jamoatchilik fikri inobatga olingan holda tartib o‘zgartirilganini ma’lum qildi.
Shuningdek Bosh vazir keyingi paytda ko‘p muhokama etilgan avtomobillar oynalarini tonirovka qilish masalasida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilgani va xalqimizni xursand qiladigan ijobiy o‘zgarish borligini qayd etdi, deb xabar bermoqda Zarnews.uz muxbiri.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa