To‘rt yoshli bola 4-qavatdan tushib ketib, hayotdan ko‘z yumdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan to‘rt yoshli N.K. ko‘p qavatli o‘yda nazoratsiz qoldiriladi. Buning oqibatida u 4-qavatdagi xonadon derazasidan tushib ketadi. Bu haqda "Postda.uz" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, N.K. tezda shifoxonaga olib borilib, unga tibbiy muolajalar ko‘rsatiladi. Shunga qaramay, bola shifoxonada dunyodan ko‘z yumadi.

Ushbu noxush voqea joriy yilning 20 dekabr kuni ro‘y bergan.

Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.