Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining 4 nafar talabasi festival g‘olibi bo‘ldi
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida “Azim shahrim – Samarqand!” shiori ostida yoshlar festiali bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlashga qaratilgan mazkur festivalda Samarqanddagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan 200 nafardan ziyod talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Samarqand shahar kuni oldidan o‘tkazilgan tadbir doirasida "Zakovat" intellektual o‘yini, shaxmat-shashka musobaqasi, "IT competition", "Zukko kitobxon" tanlovlari hamda tadbirkor qizlar tomonidan yaratilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Festival yakunida har bir yo‘nalish g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yigit-qizlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
- Muassasamiz tashkil etilganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, ko‘pgina yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda, - deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabasi Samariddin Berdiqulov. – Bugungi festivalda "IT competition" tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdim. Shu yo‘nalishda filalimiz talabasi 3-o‘rinni egalladi. Yana ikki nafar kursdoshim shaxmat-shashka musobaqasida yuqori natija ko‘rsatdi.
Sarvinoz TURSUNOVA.