Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialida Yangi yil bayrami o‘tkazildi

Profesor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etgan tadbirda filial direktori O.Murtazoyev barchani kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.
Tadbirda o‘zining fidokorona mehnati bilan, ilm-fan, ijod, madaniyat va sport sohasida erishgan yutuqlari uchun bir guruh o‘qituvchilar va talabalar taqdirlandi. Yigit-qizlar yurtimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirib, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida astoydil izlanishda bo‘lishini ta’kidlashdi.
Viloyat san’atkorlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, talabalarning badiiy chiqishlari namoyish qilindi.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.
B.MUSTANOV.