“Toshkent-Volgograd” yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdda o‘zbekistonlik erkakning jasadi topildi

Joriy yilning 7 sentyabr kuni Astraxan viloyatining “Oqsaroy” nazorat-o‘tkazish punktidagi chegara tekshiruvi paytida “Toshkent-Volgograd” yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdidan 1967 yilda yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik erkakning jasadi topilgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining transport bo‘yicha janubiy tergov boshqarmasi xabariga ko‘ra, jasadda qotillik belgilari aniqlanmagan.

Hozirda voqea joyi ko‘zdan kechirilgan va hodisaga guvoh bo‘lganlar so‘roq qilingan. Hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tekshiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, protsessual qaror qabul qilinadi.