Volgogradda yuz bergan YTHda 13 nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi

Volgograd oblastining Gorodish rayonida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan “Gazel” ag‘darilib ketgan.

Ma’lum qilinishicha, Moskva vaqti bilan soat 07:15 da Moksva-Volgograd avtomobil yo‘lining 923-kilometrida “Gazel” rusumli mikroavtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va avtoulov ariqqa ag‘darilgan.

Salonda 14 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Ulardan 13 nafari turli darajadagi tan jarohatini olgan.

Rossiya IIV viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, voqea joyida yo‘l harakati politsiyasi va hudud migratsiya boshqarmasi rahbariyati tekshiruv olib borilmoqda.