Toshpo‘lat Rahmatullayev "Yilning eng faol jurnalisti" tanlovi g‘olibi

Poytaxtimizda 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng faol jurnalisti“ respublika ijodiy tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda samarqandlik jurnalistlar ichidan Toshpo‘lat Rahmatullayev “Yilning eng faol jurnalisti” respublika ijodiy tanlovining g‘olibi deb topildi.

Jurnalist T.Rahmatullayevning ijodiy faoliyatiga omad tilaymiz.