Toyloqda chiqindidan polietilen quvur ishlab chiqarilmoqda
- 26.02.2022 11:51
- 137
- Iqtisodiyot
Toyloq tumanidagi Vorsin mahallasida 2020 yil chiqindini qayta ishlovchi “Sam Star Plast” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyat boshlagan edi. Hozirgi kunda korxonada polietilen quvur ishlab chiqarilmoqda.
Korxona rahbariga ko‘ra, 2019 yilda “Agrobank” Toyloq filialidan 800 million so‘m imtiyozli kredit olingan. Xitoydan polietilen mahsulotlarini qayta ishlovchi uskunalar keltirib, 2020 yilda chiqindidan polietilen mahsulotlari va undan polietilen turubalari ishlab chiqarishni boshlandik. Hozirda oyiga 40-45 tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
Korxonada kelgusida tomchilatib sug‘orishga mo‘ljallangan polietilen quvurlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Jurnalistlar Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasi hamda vilot "Agrobank" hamkorligida tashkil etilgan press turda mazkur korxona faoliyati bilan tanishdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa