Toyota Yaponiyadagi barcha zavodlarni 1 martdan to‘xtatadi
Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi Toyota Motor Corp ertaga, 1 mart kuni yetkazib beruvchilardan birida kompyuter tizimidagi muammolar tufayli mamlakatdagi barcha 14 ta zavod ishini to‘xtatadi, deyiladi kompaniya xabarida.
Qancha korxona yopiq qolishi hozircha ma’lum emas, chunki Toyota muammoni tahlil qilmoqda, dedi kompaniya vakili. Toyota yetkazib beruvchi nomi va kompyuter tizimi bilan bog‘liq muammoning o‘ziga xos xususiyatlari haqida oydinlik kiritmadi.
Yaponiya zavodlari Toyota kompaniyasining yillik ishlab chiqarishining uchdan bir qismini tashkil qiladi. Ularning ishini to‘xtatib qo‘yilgani allaqachon yarimo‘tkazgichlar global taqchilligining salbiy oqibatlariga duch kelgan kompaniya qiyinchiliklarini yanada kuchaytirmoqda, deb yozadi MarketWatch.
Toyota aksiyalari yil boshidan buyon 1,6 foizga oshdi.