Transport, Energetika vazirliklari, Veterinariya qo‘mitasi, “Uzbekistan Airports”, “Temir yo‘llari”... Prezident raqamlashtirish borasida qator tashkilotlarni tanqid qildi
IT sohasi vakillari bilan uchrashuvda davlat rahbari barcha vazirlar, hokimlar va tarmoq rahbarlari, oliygohlar rektorlari raqamlashtirishni birinchi navbatdagi vazifalar qatoriga olib chiqishi lozimligini ta’kidladi.
Bu borada adliya, mehnat, oliy va xalq ta’limi vazirliklari, soliq, bojxona idoralari, Navoiy kombinati, “Avtosanoat”, “Sanoat qurilish banki”da raqamlashtirish bo‘yicha natijalar borligi qayd etildi.
Lekin, Transport, Energetika vazirliklari, Veterinariya qo‘mitasi, “Uzbekistan Airports”, “Temir yo‘llari”, “Agrosug‘urta”da ishlar ahvoli sust ekani ma’lum qilindi.
"Xorijiy korxonalar yoshlarimizga ishonch bildirib, joriy yilning o‘zida 100 million dollarlik xizmatlarga buyurtma bergan. Lekin, mahalliy korxonalarimiz buyurtmalari bundan ancha kam.
Bundan tashqari, hududlarda yoshlarni eksport bozorlariga chiqishga ko‘maklashadigan tizim yaratishimiz shart va zarur", dedi Prezident so‘zining yakunida.