Tug‘ruqxonada homilador ayolning vafot etganiga kim sababchi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tug‘uruqxonaga kelgan ayol shifokorlar e’tiborsizligi sabab vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan axborot berdi.

Aytilishicha, Fargona viloyati Yozyovon tuman Qatortol mahalla fuqarolar yig‘ini Hamza ko‘chasida yashagan 1987 yilda tug‘ilgan Nodira Sh. Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasining Tug‘uruq bo‘limida 39 haftalik homilasi bilan tug‘ruq jarayonida vafot etgan.

Nodira Sh.ning 39 haftalik homilasi bilan tug‘ruq jarayonida vafot etganligi holatida JKning 116-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi, ushbu holat yuzasidan boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan turib, qonuniy to‘xtamga kelish imkoniyati yo‘qligini inobatga olib, mazkur holat yuzasidan 04.04.2020 yil kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.