Tunda odamlarning tinchini buzgan “Spark” haydovchisi jazolandi

Voyaga yetmagan huquqbuzar N.Sh. 2020 yil 24 iyundan 25 iyunga o‘tar kechasi soat 23:30 lar atrofida akasiga tegishli “Spark” rusumli avtomashinasini so‘roqsiz haydab chiqib, keskin tormozlab va tez haydashi natijasida shovqin ko‘tarib, fuqarolarning tinchligini buzgan. Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida borgan IIO FMB hodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan va unga ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Samarqand shahar ma’muriy sudi raisi Orif Pardayevning xabar berishicha, sud qarori bilan qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, voyaga yetmaganligi inobatga olinib, N.Sh. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan huquqbazar, deb topilib, unga MJtKning 34-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.