Turkiya Mudofaa vazirligi: Ukraina g‘allasi yuklangan birinchi kema Odessadan jo‘nab ketdi
- 01.08.2022 11:59
- 87
- Xorij
“Birinchi kema Odessa portidan soat 8:30 da jo‘nadi”, deyiladi xabarda.
Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin avvalroq Ukrainadan g‘alla tashish 1 avgustdan boshlanishini aytgan edi. Unga ko‘ra, yuklash allaqachon yakunlangan. Istanbuldagi muvofiqlashtirish markazi vakillari sputniklar yordamida kemaning don bilan o‘tishini kuzatib borishi aytilmoqda.
Ma’lumki, 22 iyul kuni Istanbulda Rossiya mahsulotlarining eksport cheklovlarini bekor qilish va Ukraina donini eksport qilishda Rossiya tomonidan yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan kelishuv Ukraina doni, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali uchta port, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa