Turkiya va O‘zbekiston olimlari hamkorligida onlayn-seminar o‘tkazildi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Turkiyaning Marmara universiteti hamkorligida Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Imom Buxoriy tavalludi munosabati bilan “Sahihi Buxoriyning nusxalari. Turkiyada Buxoriyxonlik” mavzusida onlayn-seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Markaz ilmiy xodimlari va yurtimizda diniy-ma’rifiy yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot va muassasalarning yosh olim va tadqiqotchilari hamda Movarounnahr tarixi va hadisshunoslik bo‘yicha taniqli olimlar, Turkiyaning Marmara universiteti professorlari Osman Aydinli va Mehmet O‘zshenel ishtirok etdi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati.