Turkiyada yuz bergan zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 831 nafarga yetdi
- 31.10.2020 19:55
- 165
- Xorij
Bu haqda 31 oktyabr kuni mamlakatning fovqulodda holatlar va tabiiy ofatlar agentligi ma’lum qildi.
“Taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 25 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 831 kishi jarohatlangan. 849 ta silkinish sodir bo‘lgan, shundan 35 tasining kuchi 4 balldan oshgan”, deyilgan xabarda.
Shu bilan birga, sakkizta vayron bo‘lgan binolar atrofida qutqaruv ishlari davom ettiralayotgani ta’kidlangan.
30 oktyabr kuni Turkiyaning Izmir viloyatida 6,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer qimirlashi oqibatida kamida 20 ta bino vayron bo‘lganligi haqida ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, o‘sha kunning o‘zida Gretsiyaning Samos orolida ham zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohatlangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa