Turkiyalik suratkash Samarqandning osori-atiqalari haqida fotoalbom tayyorlamoqda

Registon maydonidagi Sherdor madrasasida turkiyalik fotograf Orhan Durgut tomonidan fotoko‘rgazma tashkil etildi.

30 yillik tajribaga ega bu fotograf 10 yildan buyon dunyoning turli shaharlarida islom davlatlari madaniyatini aks ettirgan foto suratlar ko‘rgazmasini tashkil etib kelmoqda.

Kecha o‘z ishini boshlagan ko‘rgazmani bugun Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro xayriya marafoni ishtirokchilari katta qiziqish bilan tomosha qildi. Viloyat hokimi E.Turdimov ham ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi va fotograf faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Orhan Durgut Samarqandning tarixiy obidalari fotosuratlari va izohlar jamlangan kitob-albom tayyorlayotganini viloyat hokimiga ma’lum qildi. Viloyat hokimi uning tashabbusini ma’qulladi.

To‘lqin SIDDIQOV.